🏛️ TARIX SABOQLARI — KELAJAK POYDEVORI

Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga oid noyob tarixiy eksponatlar bilan tanishib, buyuk ajdodlarimizning davlat boshqaruvi, ilm-fan va bunyodkorlik sohasidagi boy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.