Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti vakillari Toshkent transport texnikumida yoshlarni kasbga yo'naltirish va abituriyentlar bilan ishlash bo'yicha targ'ibot uchrashuvlari davom ettirmoqda.
Targ'ibot davomida Toshkent transport texnikumi talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Talabalar bilan muloqot jarayonida institutda yaratilgan zamonaviy ta'lim imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik dasturlari, Belarus Milliy texnika universiteti diplomi va bitiruvchilarning bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
O'quvchi yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, muhandislik, texnologiya va zamonaviy texnik yo'nalishlarning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
✨Bugun yoshlarga to'g'ri kasb va munosib ta'lim dargohi tanlashda yordamlashish - yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shish uchun tashlangan ilk qadamdir!