🎓 INSTITUTIMIZDA “KARYERA KUNI” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.
Institutimizda bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizning nufuzli korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etib, talaba-yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Jumladan, quyidagi tashkilotlar mutaxassislari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar:
TECHNOPARK MCHJ
AGROTECH klasteri
HAMKORBANK ATB
Toshkent Quvurlar Zavodi
Toshkent Metallurgiya Zavodi
Uchrashuv davomida talabalar korxonalar faoliyati, ishga qabul qilish talablari, kasbiy rivojlanish istiqbollari hamda mehnat bozoridagi dolzarb ehtiyojlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashi, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishi va kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.