🇺🇿 Iqtidor va ijodkorlikni rivojlantirish yo‘lida

🎨 Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi ijodiy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda dizaynerlik va rassomchilikka qiziqadigan talabalar ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy ishlari, tasviriy san’at va dizayn yo‘nalishidagi qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, estetik didini yuksaltirish hamda ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

✨ Bunday tadbirlar yoshlarning iste’dodini kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.