🎓 INSTITUTIMIZDA KIRISH IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
2026-yil 27-iyun kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar belgilangan tartib va talablar asosida, shaffoflik hamda xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi. Abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Institut jamoasi barcha abituriyentlarga imtihonlarda faol ishtirok etganliklari uchun minnatdorlik bildiradi hamda ularga yuqori natijalar va kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.