⚙️Talabalar uchun texnika olamiga qiziqarli sayohat!
2026-yil 10-iyun kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti “Materialshunoslik va ZIT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish bosqichlari, avvalgi va eng zamonaviy yengil avtomobillar, shuningdek, texnika tarixini aks ettiruvchi turli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeydagi noyob namunalarning boy kolleksiyasi talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning muhandislik va texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
✨ Bunday ma’rifiy ekskursiyalar nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar bilan boyitish hamda yoshlarning texnik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.